O‘zbekiston Qozog‘istonning bir qator mahsulotlariga qo‘yiladigan aksiz solig‘i miqdorini kamaytiradi

Iqtisodiyot 15:22 / 11.03.2016 1435

Toshkent va Ostona 2020 yilga qadar Qozog‘istonda ishlab chiqariladigan bir qator mahsulotlarga qo‘yiladigan aksiz solig‘i miqdorini bosqichma-bosqich kamaytirib borish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Bakitjon Sagintayev xabar qilmoqda.

Ma'lumotga ko‘ra, Ostona shahrida o‘tkazilgan ikki tomon uchrashuvi vaqtida ko‘plab masalalar, jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar ham ko‘rib chiqildi.

Sagintayevning ta'kidlashicha, Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mutaxassislari 10 mart kuni o‘zaro tovar ayirboshlashni yaxshilash maqsadida zarur tovarlar ro‘yxatini tuzishga kelishib olishdi.

Ko‘proq yangiliklar: