Obama saylovdan keyin Kanadaga ketishni rejalashtirgan amerikaliklar haqida bilishini aytdi

Jahon 19:25 / 11.03.2016 938

AQSh prezidenti Barak Obama saylovlardan keyin mamlakatni tark etib, Kanada hududiga o‘tib ketishni rejalashtirgan amerikaliklar haqida bilishini aytdi. Bu haqda u Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, AQSh prezidentligi uchun saylovda respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Trampning dastlabki saylovlardagi muvaffaqiyatlaridan keyin amerikaliklar Google orqali Kanadagi ko‘chib o‘tish imkoniyatlari bo‘yicha so‘rovlar berishi ko‘paygani haqida xabar berilgandi.

Obama matbuot anjumani vaqtida Trampni eslamagan. Lekin u AQShda har safar prezidentlik saylovi vaqtida "kanadalik do‘stlar raqib partiyasi saylovda ustun keladigan amerikaliklarga boshpana taklif etishni kanda qilmasligi" haqida gapirgan.

Obama shuningdek, Kanada bosh vaziri bilan bu yuzma-yuz ko‘rishishidan keyin barchasi yaxshi bo‘lishini qo‘shimcha qilgan. Uning bu gapi yig‘ilganlar orasida yengil kulgi keltirib chiqargan.

Ko‘proq yangiliklar: