2015 yilda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri prezident Barak Obamaga Bashar Asad hokimiyatini ichki harbiy nizolar yuzasidan muzokaralar olib borishga majbur qilish maqsadida Suriyaga nisbatan harbiy kuchlardan foydalanish taklifi bilan bir necha marta murojaat qilgan edi.
Biroq Oq uy rahbari AQSh tashqi siyosat idorasi raisining bu tashabbuslarini rad etgan. Va oxir-oqibat milliy xavfsizlik Kengashini Suriyaga qarshi harbiy amaliyotlar olib borish taklifi bilan unga faqat Pentagon boshlig‘i Eshton Karter murojaat etishi mumkinligi xususida ogohlantirdi.
Mahalliy Atlantic nashrida yozilishicha, Kerri qanotli raketalar orqali Suriyaning hukmron rejimga tegishli “aniq belgilangan nuqtalariga zarba berish”ni taklif qilgan. Bunday harbiy harakatlardan maqsad, Kerrining fikriga ko‘ra, Asadni to‘ntarish emas, balki uni, shuningdek, Eron va Rossiyani tinchlik muzokaralarini olib borishga ko‘ndirish, deb xabar beradi TASS.
Kerri yaqin kunlarda Asadga bosim o‘tkazishni nazarda tutuvchi yangi harbiy reja bilan Obamaga murojaat etgan. AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden Kerriga Vetnamdagi harbiy harakatlarni eslatib, uni Suriyaga nisbatan harbiy amaliyotlar o‘tkazish talabini to‘xtatishga chaqirgan.