OAV: Savodsizlik xakerlarga Bangladesh Markaziy bankidan 1 mlrd dollar o‘g‘irlashga to‘sqinlik qildi

Jamiyat 10:55 / 11.03.2016 1540

Imloviy yo‘l qo‘yilgan xato orqali xakerlar Bangladesh Markaziy bankidan 1 mlrd dollar miqdorida pul o‘g‘irlashdan mosuvo bo‘lishdi. Ammo ular shunga qaramay bank xavfsizlik tizimini buzib kirish oqibatida to‘rt transh orqali 80 mln dollar miqdoridagi pulni o‘marishni uddasidan chiqishdi. Ammo beshinchi transh AQSh Federal zaxiralari banki orqali o‘tganligi sabab to‘xtab qoladi. Bu haqda Bangladesh Markaziy banki ma'lumotlariga asoslanib, Bloomberg xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, xakerlar bu jinoyatga bir oy mobaynida tayyorgarlik ko‘rishgan. Ular AQSh fuqarolarini Filippin va Shri-Lanka banklari orqali pul o‘tkazmalarini muntazam kuzatib borishgan. Xakerlar ulardan to‘rt nafarning 81 mln AQSh dollari miqdoridagi pul o‘tkazmasini o‘zlashtiradi. Ammo beshinchi urinishda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgani sabab maqsadlariga erisha olishmaydi. Bunga sabab pul yechib olish operatsiyasi davomida "foundation" so‘zi o‘rniga adashib "fandation" so‘zini yozib yuborishadi.

Ayni damda Bangladesh hukumati mazkur jinoyatni ochish maqsadida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: