Moskvada metro quruvchilar 5 oylik maoshlarini olmaganlaridan keyin ishga chiqishmayapti

Jamiyat 22:21 / 11.03.2016 1067

Moskvada 11 martda "Ingeokom" qurilish-montaj boshqarmasi idorasi yonida bir necha o‘nlab odamlar, asosan mehnat muhojirlari to‘planishdi.

Huquq himoyachisi Ikrom Xamuraliyev "Dojd" telekanali muxbiriga aytishicha, Moskva metrosi quruvchilari tegishli xavfsizlik texnikasisiz o‘tkazilgan 5 oylik og‘ir ishlardan keyin o‘z maoshlarini ololmayaptilar. 1 martdan beri quruvchilar ishga chiqmayaptilar, qurilish boshqarmasi esa maoshning to‘lanmasligini yetarlicha moliyalashtirilmaganlik bilan tushuntirmoqda.

"Bu bizni tashvishga solishi kerak, chunki odamlar har kuni og‘ir sharoitlarda 12 soatlab ishlamoqdalar, bu esa mehnat qonunchiligi qoidabuzarligi hisoblanadi. Bizning qonuniy talablarimiz shundan iboratki, biz og‘ir, vijdonli va moskvaliklar uchun juda muhim bo‘lgan mehnatimiz uchun maoshimizni olmoqchimiz", deb aytdi mehnat muhojirlari kasaba uyushmalari markaziy qo‘mitasi raisi Rinat Karimov.

"Ingeokom" Moskvada 2001 yildan boshlab metro qurish bilan shug‘ullana boshlagan. Kompaniya o‘zi qurgan birinchi stansiya "Vystavochnaya"ni 2005 yilda foydalanishga topshirgan. Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, 2013 yilda kompaniyaning daromadi deyarli 40 mlrd rublni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: