Miltiq xush ko‘ruvchi onani o‘z farzandi otib qo‘ydi

Jamiyat 15:16 / 11.03.2016 2228

To‘rt yoshlik bola miltiqlarni xush ko‘ruvchi onasini orqasidan otib qo‘ydi, deb xabar berdi Florida shtati rasmiylari.

31 yoshlik miltiq muxlisasi Jyeymi Gilt (Jamie Gilt) yaqin kunlarda o‘zining farzandining qurolda otish natijalarini onlayn tarzda maqtangan edi, lekin seshanba kuni u o‘z o‘g‘li bilan mashinada magistral bo‘ylab ketayotganda, orqadan farzandi otib ko‘ygan. O‘q mashina o‘rindig‘idan o‘tib ketgan.

«Bizning tergov natijalarimizga ko‘ra, qurol jabrlanuvchi tomonidan qonuniy egalik qilingan va jabrlanuvchi o‘z farzandi qurolni qo‘lga kiritganligidan xabardor bo‘lmagan», deb ta'kidlashdi Putnam okrugi sherifi idora vakillari.

Politsiya voqea qanday sodir bo‘lganligi haqida Gilt bilan suhbat qura olmagan, chunki uning holati og‘ir ahvolda edi. Lekin ularning ogohlantirishicha, bolaning qo‘liga qanday qilib miltiq tushib qolganligi aniqlanganda, Gilt politsiya tomonidan javobgarlikka tortilishi ham mumkin.

Qurol 45 kalibrlik qo‘l miltig‘i bo‘lgan va NBC Newsning xabariga ko‘ra, bola uni mashina polidan topib olgan.

Ona va bola otni olib kelish uchun yo‘lga tushishgan va kutilmaganda mashina yurishdan to‘xtab qolgan. Politsiya buning sababini tekshirish uchun mashina yoniga yaqinlashganda zo‘rg‘a nafas olayotgan Gilt o‘g‘li uni tasodifan otib qo‘yganini aytadi. Gilt o‘g‘lining ismini oshkor qilishni istamagan.

Gilt feysbukdagi sahifasida har doim qurol ko‘tarib yurishni tarafdori bo‘lgan va qo‘lida miltiq bilan boshida «cowboy» shlyapa kiygan holatdagi suratini ham joylagan.

Shuningdek, u feysbukda qurol olib yurish bo‘yicha bo‘lgan muhokamada o‘zidan faxrlanib quyidagicha izoh qoldirgan: «Hattoki mening 4 yoshli o‘g‘lim ham miltiqdan aniq nishonga urishni biladi».

Ko‘proq yangiliklar: