Milliy aviakompaniya bort kuzatuvchilarining nega do‘ppi kiymasligini izohladi

O‘zbekiston 18:18 / 11.03.2016 2157

Fuqaro X.Shukurovning “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish paytidagi kamchiliklar yuzasidan murojaatiga kompaniya bosh direktori o‘rinbosari A.Akbarov “Darakchi” gazetasi orqali javob berdi.

“Milliy aviakompaniya bort kuzatuvchilarining formasi xalqaro standartlar talablari, O‘zbekiston hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi qatnovlarida parvozlar amalga oshirilayotgan boshqa davlatlarning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan. Formaning bo‘yinga taqiladigan ro‘moli milliy uslub elementidir. Bort kuzatuvchilar tomonidan milliy bosh kiyim—do‘ppi kiyilishi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi xodimlari tomonidan forma kiyim-boshi kiyish Qoidalari”da ko‘zda tutilmagan”, deydi kompaniya vakili.

Mutasaddi rahbar, shuningdek, bort kuzatuvchilari o‘zbek, rus va ingliz tilida muloqot qilishi qobiliyatiga ega ekanligini ham aytib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: