Germaniya kansleri Angela Merkel har oy 3 mingga yaqin iroqlik Germaniyadan Iroqqa jo‘natilishini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Ayni vaqtda Iroqdagi shaharlar IShIDdan ozod qilingandan keyin har oyda Iroqqa 3 ming qochqin qaytarilmoqda va bu tendensiya oshmoqda", deb aytdi Merkel Baden-Vyurtemberg federal yerida o‘tgan tadbirda.
Merkelning aytishicha, aynan shuning uchun Suriya va Iroqda barqarorlikni ta'minlash va qon to‘kishlarga chek qo‘yish kerak.
Merkel har qaysi qochqin ham Germaniyada qolmasligini, ko‘pchilik qochqinlar yaqinlari "bu yerga kela olmaganlari va yaqin orada kela olmasliklari" sababli o‘z oilalari bilan vatanlariga qaytishni istayotganlarini aytdi.
Kantsler Suriya bo‘yicha Jyenevada o‘tkazilgan muzokaralarni muhim deb atadi, chunki "ular odamlar ortlariga qayta olishlariga umid beradi".
Avvalroq Germaniya hukumati mamlakatga 2016 yilda 500 mingga yaqin qochqin kelishini kutayotgani ma'lum qilingandi.