Lui van Gaal: «Liverpul» 2ta bo‘lmag‘ur gol urdi – biri penaltidan, ikkinchisi ofsayddan»

Sport 09:23 / 11.03.2016 2143

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal «Liverpul» ga qarshi Yevropa ligasi 1/8 finalidagi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Liverpul»da fantastik muhit hukm surdm. Birinchi taymda ular juda yaxshi o‘ynashdi, biz ularning pressingiga qarshilik ko‘rsata olmay qoldik. De Xeaning harakatlari a'lo darajada bo‘ldi, ammo keraksiz joyda darvozamiz tomon penalti belgilandi.

Tanaffusdan keyin biz taktik o‘zgarishlar qo‘lladik. Lekin bundan hech ish chiqmadi.

Ikkinchi taymda raqib yana bir "arzon" gol urdi. Ha, u yerda ofsayd bor edi. Bu og‘ir o‘yin bo‘ldi. 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat – oddiy natija emas, vaziyatni o‘zimiz tomonga og‘dirish oson ish emas, ammo biz 1 haftadan keyin kechadigan javob o‘yinida shunday muhit yarata olsak, maqsadimizga erishishimiz mumkin.

«Liverpul» bugun g‘alabaga haqli edi. Men Maruan (Fellayni) bilan yuz bergan vaziyatni (Emre Janga qo‘pollik qilgan holat) aniq ko‘ra olmadim, ammo u bugun maydondagi eng yaxshilardan biri bo‘ldi», – deydi van Gaal.

Ko‘proq yangiliklar: