Biz qo‘l mehnati yordamida yaratilgan noyob ixtirolar, qiziqarli muhandislik ishlari, texnik topilmalarni juda ham yaxshi ko‘ramiz. Youtube DaveHax kanali gugurt qutisi va toshqalam yordamida qanday qilib mikrofon yasash mumkinligi tasvirlangan videoni chop etdi. Mazkur oddiy loyiha ko‘magida siz uyingizda mustaqil ravishda mikrafon yasab, o‘zingiz istagan musiqa va tovushlarni tinglash imkoniga ega bo‘lasiz.
Shuningdek, bu loyihaga batareya, ba'zi simlar, quloqchin yoki dinamik ham kerak bo‘ladi. Ushbu elektron tajriba bolalar bilan birgalikda yasalsa, yanada qiziqarli bo‘ladi.
1. Qutini gugurtlardan tozalab oling va uchli qalam yordamida qutining tugallangan burchagining o‘rtasiga ikkita nuqta chizib oling va ularda teshik hosil qiling.
2. Keyin o‘tkir tig‘li pichoq bilan grafitni olish uchun qalamni ikkiga bo‘lish kerak va tekis yuza hosil qilish uchun qaychi tig‘ini tepa va pastga ishqalash kerak.
3. Grafitlarni gugurt qutmsidagi teshiklarga o‘rnating.
4. Kaltaroq grafitni olib, tekis yuza tomonini gugurt qutidagi grafitlar ustiga qo‘ying, tekis yuza uni surilib ketishdan asraydi.
5. Keyin esa 9 voltlik batareykani siz yaratgan mikrofonga ulang. Buni amalga oshirish uchun “krokodil” qisqichlardan foydalanib grafitlardan birini batareya bilan bog‘lang.
6. Endi esa batareyaning ikkinchi terminalini quloqchin simiga ulang. Uchinchi qistirg‘ichni gugurtdagi ikkinchi grafit bilan quloqchin simiga ulang.
Sizning mikrofoningiz tayyor bo‘ldi! Uni ishlayotganini tekshirish uchun, simni quloqchinga ulab, gugurt qutisiga asta chertib qo‘ring. Endi quloqchinlar orqali tovush eshitishingiz mumkin. Siz uzunroq simlar bilan mikrofonning masofasini ham uzaytirishingiz mumkin.