Finlyandiya parlamenti yaqin haftalar ichida mamlakatni yevrohududdan chiqib ketishi masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Reuters xabar bergan.
Ma'lum qilishlaricha, o‘tgan yili Finlyandiyani yevrohudud a'zoligi borasida milliy referendum o‘tkazish borasidagi arznoma 53 ming ovoz oldi. Bu esa mamlakatni bu masalani parlamentda ko‘rib chiqishiga yetarli hisoblanadi.
“Bu masala parlamentda aynan qachon ko‘rib chiqilish sanasi noma'lum bo‘lsada, ammo yaqin haftalar ichida ko‘rib chiqiladi”, — dedi mamlakat parlamenti kotibi Yoxanna Sarximaa.
Yevroparlament a'zosi Paavo Vyayuryunenning aytishicha, mamlakatning yevrohududdan chiqib ketishi, Finlyandiyani o‘z valyutasini joriy etishiga, bu esa, ichki iqtisodiyotning o‘sishiga olib keladi.