Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi Anvar Raimov o‘zining sobiq raqifasi va uning onasini o‘ldirgani uchun uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimiyati saytida ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, erkakning o‘z farzandiga aliment to‘lashni istamagani sabab qotillikka qo‘l urgan. Qotil jinoyat quroli sifatida boltadan foydalanib, qurbonlarga bir nechta o‘limga olib keluvchi jarohatlar yetkazgan.
"2015 yil 22 oktabrda Raimov sud ijrochilaridan aliment to‘lashi zarurligi haqida xabarnoma olgandan keyin g‘azabga kelgan va pul berishni istamagani uchun sobiq rafiqasi va qaynonasini o‘ldirgan", deyilmoqda xabarda. O‘sha paytda Raimov to‘lashi kerak bo‘lgan aliment miqdori 6 mln so‘mni tashkil qilgan.
Raimov, shuningdek, sobiq rafiqasining uyida bo‘lgan yana ikki erkakka bir nechta yengil jarohatlar yetkazgan. Erkaklar jinoyatchini bog‘lab qo‘yishga muvaffaq bo‘lishgan.