«Kun.uz» nashrining Facebook'dagi sahifasi o‘zbek OAVi orasida birinchi bo‘lib rasmiy tasdiqlangan nomiga sazovor bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqning ushbu belgisi mashhur shaxslar, brendlar yoki mediakompaniyalarga taqdim etiladi. Bu esa ularning haqiqiy sahifasini soxtasidan ajratib olishda yordam beradi.
Ta'kidlab o‘tish joiz, shu kungacha ushbu belgi o‘zbek estradasi yulduzlari Shoxrux va Nilufar Usmonovada mavjud edi.
Avvalroq «Kun.uz» nashri ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p — jami 260 000 nafardan ortiq o‘quvchiga ega o‘zbek OAVi bo‘lganligini ham ma'lum qilgandik.
Quyida 11 mart holatiga ko‘ra, ularning aniq soni bilan tanishishingiz mumkin:
Facebook — 30 700;
Instagram — 93 600;
Odnoklassniki — 77 000;
Telegram — 49 700;
Twitter — 13 900.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun katta rahmat! Barcha yutuqlarimiz sizlar sababli. Bizni kuzatishdan to‘xtamang, biz esa birinchi bo‘lishdan to‘xtamaymiz!