Britaniyalik yigit feysbukdagi sahifasida qamoq haqida retsenziya qoldirdi

Jamiyat 18:44 / 11.03.2016 2418

Britaniyalik Kristian Uilloubi Grimsbi shahri politsiya mahkamasidagi kamerada jazo o‘tadi va ozod qilinganidan so‘ng o‘zining Facebook sahifasida qamoq haqida retsenziya qoldirdi. Bu haqida Mashable nashri xabar berdi.

Resenziya mehmonxonalar uchun ta'riflanadigan an'anaviy uslubda yozilgan. Uilloubining ta'kidlashicha, xodimlar o‘zlarini do‘stona tutishgan, kamera xonasi esa minimalistik tarzda ishlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga alohida choy va gazeta olib keluvchi “xizmatkor og‘a” ham taqdim etishgan. Shuningdek, Uilloubi “muassasa”ning eng kuchli taraflaridan biri bu xafvsizlikning yuqori darajada ekanligi deb hisoblaydi, chunki xona mustahkam qo‘riqlangan. O‘z xulosasida britaniyalik kamerani qiyin ish kunidan so‘ng dam olish uchun ideal joy deb aytdi va unga to‘rtta yulduzcha qo‘ydi. Bundan tashqari, u albatta bu yerga qaytib kelishini ham aytdi.

Uilloubi Facebook`dagi izohlarda suratlar iPad`da tushirilgani va uning hibsga olingani sababi kichik ma'muriy huquqbuzarlik ekanini qayd etib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: