Abu-Dabida yashovchi Nemo Stoyanovich va Darko Dimeski Abu-Dabidan to Dubaygacha bo‘lgan 120 kilometrli masofani bosib o‘tishdi.
Ikki hamkasb do‘st o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish hamda sarguzasht qilish uchun bu ishni amalga oshirishga qaror qilishgan.
«Biz rasmiy tarzda 5 kilogrammli yuk bilan 120 kilometrli masofani bosib o‘tdik yoxud 160 mingta qadam tashladik. Bu deyarli 44 soatli sarguzashtga aylandi. Yo‘l davomida biz 3 litr sharbat va 16 litr suv ichdik», - deb yozadi Nemo.
«Bu juda qiyin kechdi. Avvaliga bu ilojsiz ishdek ko‘ringandi. Tanamiz quyosh taftidan kuyib, terimiz achisha boshladi. Yo‘lning qoq markazida uxlab ham qoldik. Lekin odamlarning qo‘llab-quvvatlashi va muvaffaqiyat sari olg‘a qadam tashlashga bo‘lgan ishonch yo‘l davomida 120 kilometr masofani piyoda yengib o‘tishga yordam berdi», - deya qayd etdi u.
Yigitlar o‘z sayohatini juma kuni erta tongda Mino vodiysidagi yo‘ldan boshlab 44 soatdan so‘ng Ibn Batutta savdo markazi yaqinida yakunlashdi.
Ular o‘zlarining feysbukdagi sahifalariga «15 soatli uyqudan so‘ng biz o‘z g‘alabamizni aks ettiruvchi Ibn Batutta metrosidagi suratimizni joylamoqdamiz» degan izoh bilan bir qancha fotosuratlarni havola etishdi.
Nemo va uning hamkasbi Darko Dimeski uzoq vaqt kompyuter qarshisida o‘tirib charchagan tana va ongiga sog‘lom va foydali «pardoz» hadya etdi.
«Biz professional sportchilar emasmiz, lekin bu ish bilan aytmoqchimizki, har kim shu kabi mushkul maqsadlar yo‘lida o‘zining professionalligini ko‘rsatmog‘i lozim», - deydi sayohatchilar.
Asli vatani Serbiya bo‘lgan Nemo uch yildan meri Abu-Dabida yashaydi, Darko esa makedoniyalik bo‘lib, mamlakatga bir yarim yil avval tashrif buyurgan.