BMT Liviyaga noqonuniy qurol olib kirilishi masalasini o‘rganadi

Jahon 11:05 / 11.03.2016 1072

Birlashgan millatlar tashkiloti Xavfsizlik kengashi Liviyaga noqonuniy qurol olib kirilishi to‘g‘risidagi dokladni tahlil qiladi.

Ma'ruza mualliflarining e'tiroficha, bir qator mamlakatlar Liviyaga qurol olib kirishni taqiqlovchi qonunni qayta-qayta buzmoqdalar. Xususan, BAA, Misr va Turkiya tranzit bilan harbiy qurol-aslahalar partiyasini Iordaniya orqali yuborganlar.

Bundan tashqari, davlat boshqaruviga yaqin ba'zi tashkilot va shaxslar ushbu noqonuniy amaliyotlarda ishtirok etganlar, deb xabar beradi The Wall Street Journal.

Mazkur hujjat BMT Xavfsizlik kengashiga yetkazilgan va tez orada ommaga ma'lum qilinadi. Kengash qonun buzganlarga nisbatan qanday chora ko‘rish haqida qaror qabul qilishi lozim.

Liviyada jang olib borayotganlarga qurol yetkazib berish 2011 yili taqiqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: