Avstraliyalik politsiyachi yetim qolgan kenguru bolasini “asrab oldi”

Jamiyat 19:20 / 11.03.2016 1822

G‘arbiy Avstraliyada yashovchi politsiyachi Skott Meyson yetim qolgan kenguru bolasini boqmoqda, deb yozadi People.

Kenguru bolasini yo‘l yoqasida o‘lib yotgan onasining xaltasidan topib olishadi. Mahalliy hukumat vakillarining aytishicha, uning onasini yo‘lda mashinada urib ketishadi va shundoq qoldirishadi.

Kenguruni politsiya uchastkasiga keltirishadi. O‘sha kuni navbatchilikda jonivorlarni yaxshi ko‘ruvchi Meyson navbatchilik qilar edi. U jonivorchani uyiga olib ketishga rozi bo‘ladi.

Meysonning aytishicha, uni har uch soatda ovqatlantirib turish talab etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: