AQShning yangi aviabombalari yadroviy kuchlardan foydalanishni kamaytiradi

Jahon 16:43 / 11.03.2016 936

Amerikaliklarning yangi turdagi aviabombalarni ishlab chiqarishi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini kamaytiradi, deb ma'lum qildi Rossiya Federatsiyasining Tashqi ishlar vazirligi qurollar tarqalishining oldini olish va nazorat qilish masalalari departamenti direktori Mixail Ulyanov "Kommersant" gazetasiga bergan intervyusida.

Yuqori martabali mansabdorning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik rasmiy shaxslar muntazam ravishda aviabombaning yangi V61 versiyasi yuqori aniqlikka ega bo‘lgani uchun kamroq zarar keltirishini ta'kidlaydilar, deb xabar beradi RIA Novosti.

Ulyanovning o‘zi esa bu dalilga jiddiy shubha bilan qarashini ma'lum qildi. Chunki modernizatsiyadan so‘ng, bu aviabombalar qarshilik ko‘rsatuvchi vositalar toifasidan chiqib, jang maydoni qurollari turkumiga kiritadi.

Ko‘proq yangiliklar: