AQSh hukumati Nyu-York to‘g‘oniga uyushtirilgan kiberataka tufayli Eronga nisbatan rasmiy ayblov tayyorlamoqda. Bu haqda tergov ishlari bilan yaqindan tanish rasmiy shaxslarga asoslanib CNN xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, Adliya vazirligi ushbu hujumni tashkillashtirishga aloqador bo‘lishi mumkin bir necha shaxsga nisbatan ayblov hukmini tayyorlagan.
2013 yili sodir bo‘lgan kiberataka to‘g‘on faoliyatini boshqaruvchi operatsion tizimga emas, bek-ofisga yo‘naltirilgan. Shunga qaramay, voqea jiddiy qabul qilindi, zero, AQSh infratuzilmasi kiberxavfsizligiga tahdid qilingan edi.
Obama ma'muriyati ayblov e'loni bilan kelgusi haftada chiqish qiladi.