Ko‘pgina iPhone va iPad foydalanuvchilari akkumulyator quvvati tejaladi, degan umidda fonda ishlayotgan ilovalarni o‘chirib tashlashni odat qilgan.
Apple kompaniyasining dasturiy ta'minot borasidagi katta vitse-prezidenti Kreyg Federigi bu fikrga izoh berdi.
“Yo‘q va yana yo‘q”, – dedi kompaniya vakili.
Apple’ning rasmiy saytida fondagi ilovalarni o‘chirish faqatgina dasturiy ta'minot yoki ilovaning o‘zi xatolik bilan ishlaganda kerakligi yozilgan.