Afg‘oniston gaz sanoati rivojlanishining bosh rejasini ishlab chiqdi

Iqtisodiyot 12:01 / 11.03.2016 2626

Afg‘oniston hukumati gaz sanoatini rivojlantirish bosh rejasi ustida olib borilgan urinishlar oxiriga yetganini ma'lum qildi.

Mazkur loyihaga homiylik qilayotgan Osiyo taraqqiyot banki ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu asosiy reja 20 yillik (2015-2035 yillar) vaqt oralig‘ini qamrab oladi, deb xabar beradi Afghanistan.ru.

Bosh reja mamlakatning gaz sanoati sohasida moliyaviy imkoniyatlari va ehtiyojlarini o‘rganish, iqtisodiyotning turli segmentlaridagi gaz narxi hamda tranzit va eksport tahlili, tegishli vazirlikka monand mutaxassislar tayyorlash,boshqa mamlakatlar tajribalarini tahrir qilish kabi vazifalarni qamrab oladi.

Afg‘oniston neft va kon sanoati vaziri Dovud Shoh Sabo matbuot konferensiyasidagi nutqida ushbu rejani tuzish uchun 1,7 million dollar sarflanganini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: