Qirg‘iziston hukumati joriy yilning 3 mart kuni mehnat qilish uchun Qirg‘izistonga kelgan, ammo fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning sonini cheklovchi mehnat kvotasini belgilovchi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, 2016 yilda bu kvota miqdori 14 490 kishi etib belgilangan.
Bu ko‘rsatkich 2015 yilda 12 900 kishi etib belgilangan edi. Mamlakatga kelgan xorijlik ishchilar orasida eng ko‘pi xitoyliklar bo‘lib, ular soni 2014 yilda 8449, 2015 yilda esa 9848 nafarni tashkil etgan edi.
Bundan tashqari, o‘tgan yilda Qirg‘izistonga ishlash uchun kelgan fuqarolardan 825 nafari turkiyalik, 243 nafari janubiy koreyalik, 225 nafari pokistonlik, 118 nafari rossiyalik, 105 nafari esa amerikaliklar bo‘lgan.