Xalqaro valyuta jamg‘armasi jahon iqtisodiyotining inqirozga uchrashidan ogohlantirdi

Iqtisodiyot 08:47 / 10.03.2016 4841

Dunyo oshib borayotgan iqtisodiy inqiroz xatariga yuz kelmoqda. Bu falokatdan qochish uchun davlatlar yetakchilari talabni oshiruvchi choralar ko‘rishlari kerak. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining taqsimlovchi direktori birinchi o‘rinbosari Devid Lipton aytib o‘tdi. Bu haqda The Financial Times nashri xabar bermoqda.

Liptonning aytishicha, global iqtisodiyot "haqiqatan ham qiyin ahvolda turibdi". Lipton siyosatchilarni zudlik bilan iqtisodiy o‘sish va talabni oshiruvchi choralar qabul qilishga hamda xom ashyo va moliya bozorlaridagi yuqori darajadagi tebranishlar natijasida paydo bo‘lgan yangi xavflarga tayyor turishga chaqirdi. "Iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash va jahon iqtisodiyoti barqarorligini tiklash vaqti keldi", deb aytdi Lipton.

Nashrda ta'kidlanishicha, Liptonning bu bayonoti Xitoy iqtisodiyoti bo‘yicha salbiy statistika chop etilgani ortida bildirildi. Xitoyning fevraldagi eksport hajmi 2015 yilning fevraliga nisbatan 25,4 foizga kamayib ketgan, bu ko‘rsatkich 2009 yildan beri qayd qilingan eng yomon ko‘rsatkichdir. Xitoy importi esa bu orada 13,8 foizga qisqargan.

Bundan tashqari, 2015 yilda Xitoy yalpi ichki mahsuloti 6,9 foizga o‘sgan (2014 yilda 7,3 foizga o‘sgan), bu chorak asr davomidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. Xitoy iqtisodiyoti 2016 yilda 6,5-7 foizga o‘sishi kutilmoqda.

XVJning oxirgi prognoziga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti 2016 yilda 3,4 foizga oshadi. XVJda bu prognoz yana qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi aytildi.

Ko‘proq yangiliklar: