«Zenit» jamoasi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash YeChLning nimchorak bosqichida «Benfika»dan uchralgan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin piterliklarning turnirni tark etishiga o‘z izohini berib o‘tdi.
«Bu juda qayg‘uli bo‘ldi... Birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi bu safar ham oxirgi daqiqalar biz uchun noxush kechdi. O‘sha vaziyatda Lodigin to‘pga tegmasa, zarbaning o‘ziyoq golga aylanar edi. Biz ikkinchi taymda 40 daqiqa hujumda o‘ynadik va vaziyatlar yaratdik. O‘z uyimizdagi o‘yinda biz ustunlik qildik. Turnirni tark etish juda alamli.
Maurisioni o‘yindan olganim sababi markazni kuchaytirish edi. Yusupov bu o‘rinda juda yaxshi harakat qiladi.
Kokorin jamoaga qo‘shilganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi, lekin unga ishonch bildirdim.
Men futbolchilarga gol urganimizdan keyin xotirjamlikka berilishni ko‘rsatma berganim yo‘q. Aksincha, tezlikni oshirishni so‘radim. Futbolchilarni xatolari uchun ayblamoqchi emasman. Bugun raqib darvozaboni a'lo darajada o‘ynadi.
Bizda esa 2,5 oydan ortiq tanaffus bo‘ldi. Rossiya chempionatidagi qishki tanaffus raqibga qo‘l keldi. Bu Rossiyadagi barcha jamoalarning muammosi.
«Benfika» turnirda qanchalik uzoqqa boradi deysizmi? Bu savol menga emas, axir men «Portu» muxlisiman.
Umuman ikki katta raqib to‘qnashdi. «Benfika» sal kuchliroq bo‘lib chiqdi», deydi Villash-Boash.