Bugungi kunda deyarli har bir smartfonda bor bo‘lgan Telegram mobil dasturining qulayliklaridan biznesda keng foydalanilmoqda. Telegram messenjerida barcha aloqalar ro‘yxati bor — tanishlarga xoh matnli, xoh ovozli xabar yo‘llash, videolar va fotosuratlarni istagancha yuborib, istagancha qabul qilish, shuningdek yangilik kanallariga obuna bo‘lib, so‘nggi voqea-hodisalardan xabardor bo‘lish mumkin. Uning yana bir xususiyatidan biri botlar vositasida uy sotib olish imkoniyati bor.
Xususan, Telegram’dan foydalangan holda uy sotib olish yoki kvartira ijaraga olish ham mumkin. “Uybor.uz”ning @uybor_bot boti uy sotib olish yoki kvartirani ijaraga olish imkoniyatini beradi.
Avvallari faqat rus tilida “gaplashgan” bot endi o‘zbek tilida ham e'lonlarni yubora oladigan bo‘lgan. Agar mijoz “Uybor.uz”ning botidan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lsa, u rus tilida murojaat qiladi — “Nastroyki” (“Sozlash”) bo‘limiga o‘tib, botni o‘zbek tilida gapirish uchun sozlash mumkin.
“Sozlash” bo‘limida nafaqat bot tilini o‘zgartirish, balki mijozga bir martada yuboriladigan e'lonlar sonini 20tagacha ko‘paytirish, e'lonlarni veb ko‘rinishli qilish, shuningdek, obunani bekor qilish mumkin. Obuna — @uybor_bot’ning yangi versiyasidagi eng foydali yangi imkoniyatlardan biri hisoblanadi.
Masalan, mijoz Yunusobod tumanidan bir oylik ijara narxi 150 shartli birlik bo‘lgan bir xonali xonadonni ijaraga olmoqchi. “Ijara” bo‘limiga kirib, narx oralig‘i, zarur tuman, xona soni bo‘yicha kerakli so‘rovlarni kiritib, “Ko‘rsatish”ni bosilsa, “Uybor.uz” saytidagi beshta mos e'lon ko‘rsatiladi. “Keyingi e'lonlar” tugmasini bosib, yana beshta e'lonni ko‘rish mumkin.
Ba'zida ketma-ket 30ta e'lonni ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi, hatto e'lon beruvchilarning uch-to‘rt nafari bilan telefonlashish mumkin. Lekin hech biri ma'qul kelmasa, bir qancha vaqtdan keyin yangi e'lonlar qo‘shilishini kutmasdan, shunchaki “Keyingi e'lonlar”ning ostidagi “Obuna” tugmasini bosib qo‘yish kifoya — “Uybor.uz” saytiga so‘rovlaringizga mos e'lon qo‘shilishi bilan bot uni sizga yetkazadi.
Kvartira ijaraga olish yoki uy sotib olish — Telegram’dagi @uybor_bot taklif qiladigan keng imkoniyatlardan biri, xolos. Mazkur bot Telegram’dan chiqmasdan turib, yangi ofis topish, uni ijara yoki sotilish narxlari bilan tanishish, shinam va keng hovlilarning narxi qanday bo‘layotgani haqida boxabar bo‘lish, maqbul e'lonni boshqa yaqinlar bilan bo‘lishish imkonini ham beradi.
Zamonaviy va muhtasham uy va ofislarni “Uybor.uz” bilan birga, ilg‘or va aqlli texnologiyalardan foydalangan holda izlash tavsiya etiladi!
Reklama huquqi asosida