USAID O‘zbekistonlik fermerlarga 130 mln dollar ajratadi

Iqtisodiyot 20:40 / 10.03.2016 2674

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) o‘zbekistonlik fermerlarning meva-sabzavotlar eksporti uchun 130 mln dollar mablag‘ ajratadi. Bu haqida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bergan.

Joriy yilning 25-26 fevral kunlari o‘tkazilgan «Farg‘ona vodiysining meva-sabzavotchilik sohasi: eksport salohiyati» nomli Forumda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar xorijiy hamkorlar bilan savdo bo‘yicha qiymati 130 mln dollarga teng bo‘lgan protokollar imzolagan, deyiladi manbada.

USAID tomonidan tashkil etilgan forumda 500 dan ziyod turli tarmoqlar vakillari, savdo birlashmalari, transport-logistika kompaniyalari, elchixonalar, fermer xo‘jaliklari, shuningdek, Yevropa va MDH mamlakatlaridan kelgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar ham qatnashgan.

Ikki kunlik tadbir doirasida turli seminarlar, yakkama-yakka savdo muloqotlari, ko‘rgazma-yarmarka, shuningdek, fermer xo‘jaliklari va transport-logistika markazlariga sayohatlar uyushtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: