Uels termasining sobiq murabbiyi: «Beyl «Real»da qolsa, ruscha ruletka o‘ynashiga to‘g‘ri keladi»

Sport 20:16 / 10.03.2016 3563

Uels terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Raymond Verxeyyenning aytishicha, Garet Beyl «Real» uchun o‘ynashda davom etib, o‘z faoliyati kelajagini tahdid ostida qoldirmoqda.

Gollandiyalik ushbu mutaxassisning fikricha, madridliklar jamoasi shifokorlari ishi a'lo darajada emas.

«Beylning o‘zi har mavsumda jarohatlar girdobida qolishni istaydi deb o‘ylaysizmi? Yoki u o‘z ishiga professional yondashib, shifokorlari yaxshi bo‘lgan, jarohatlar darajasi kamroq bo‘lgan jamoa topishni istmaydimi? Bunday jamoalar ko‘p bo‘lmasligi mumkin, lekin bor.

«Real»da qolish – bu rus ruletkasini o‘ynash hamda o‘z futbolchilik faoliyating kelajagini so‘roq ostida qoldirishga teng», – deydi Verxeyyen.

Ko‘proq yangiliklar: