9 mart kuni Twitter foydalanuvchilari ismlardagi o‘xshashlik tufayli The Beatles guruhi prodyuseri Jorj Martinning o‘limi haqidagi xabar o‘rniga "Taxtlar o‘yini" filmiga asos bo‘lgan «Muz va olov qo‘shig‘i» nomli turkum romanlari muallifi hisoblanadigan Jorj Martinning o‘limi haqida yoza boshlashdi. Bu haqda New York Daily News nashri xabar tarqatgan.
"Men "Jorj Martinga ta'ziya bildira boshlashgach, Jorj R.R. Martin o‘ldi deb o‘ylabman", deydi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
Saw RIP George Martin was trending and I thought it was George R.R. Martin who'd died... #GameofThrones #TheTriggering
— Alex Hamilton (@WAHamiltron) 9 Mart 2016
Yana bir foydalanuvchi esa, "Jorj Martin "Taxtlar o‘yinining keyingi qismlari ssenariysini yozmasdan o‘lgani"ga afsuslarini bildirgan.
"George Martin" is trending and my first thought was "damn he died and he didn't finish writing game of thrones"
— Gabe (@gabeharmonizer) 9 Mart 2016
Boshqa bir foydalanuvchi bu adashuv yozuvchi Martinning o‘limi haqida eshitgan "Taxtlar o‘yini" ishqibozlaridan qanchasi yurak xurujiga uchraganiga qiziqadi.
How many Game Of Thrones fans almost had a heart attack when they saw George Martin died?
— LENIHANA (@lenroq) 9 Mart 2016
Eslatib o‘tamiz, 9 mart kuni The Beatles guruhining deyarli barcha plastinkalari ustida ishlagan prodyuseri Jorj Martin 90 yoshida vafot etdi. Martin The Beatles yaratgan taronalarni tijoriy foyda olish maqsadida baholamagan, balki ularni san'at asaridek ko‘rgan. Uni gohida “beshinchi bitl” deb ham atashgan. Bundan tashqari, u guruhning bir qancha mashhur taronalariga bastakorlik ham qilgan: Misol uchun, Yesterday qo‘shig‘ida struna kvartetini va A Day in the Life taronasida esa “apokaliptik” kuliminatsiyani Martin aranjirovka qilgan.