Ukraina va Turkiya ukrainaliklar uchun turk kurortlarida dam olishni arzonlashtirish haqida kelishib oldilar, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.
Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan Anqaradagi uchrashuv natijalariga ko‘ra ma'lum qildi.
"Hamkorlikni sayyohlik sohasida ham kengaytirishga, jumladan ukrainalik fuqarolar uchun turk kurortlariga tashrif buyurishni arzonlashtirish bo‘yicha kelishib oldik", deb aytdi Poroshenko.
Poroshenko Turkiyani Ukrainadagi xususiylashtirishda ishtirok etishga taklif qildi.