AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AQShdagi soliq tizimi bilan bog‘liq muammolarni "bor-yo‘g‘i 15 daqiqada" hal qilishi mumkinligini aytdi. U bu haqda CNBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Trampning fikricha, AQSh dunyoda eng yuqori soliqlarga ega davlat bo‘lib, buning natijasida ko‘plab kompaniyalar uni tark etmoqda.
"Biz o‘z kompaniyalarimizni AQShda saqlab qolishimiz kerak. Ko‘pchilik ketmoqda, biroq men asl vaziyat ta'kidlanayotgandan ancha yomonroq ekanligiga ishonchim komil. Kompaniyalar AQShdan yuqori soliqlar tufayli ketmoqda. AQSh – eng yuqori soliqlarga ega davlat", deb aytdi Tramp telekanal efirida.
Trampning hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSh soliq tizimi tufayli bir necha yil ichida 5 trln ga yaqin puldan mahrum bo‘lgan. Uning ta'kidlashicha, bu raqam 2,5 trln dollar deb umum tan olingan va barcha bu muammo borligiga rozi, biroq uning yechimi siyosiy partiyalarda yetakchining yo‘qligiga taqaladi. Trampning fikricha, u bunday yetakchiga aylanadi.
"Demokratlar va respublikachilar, hamma bu masalani 3 yil ichida hal qilish mumkinligiga rozilar. Men esa bu muammoni yig‘ilish o‘tkazib, 15 daqiqada hal qilishim mumkin", deb aytdi Tramp.