Toshkentda hamkorini 41 ming dollarga tushirgan soxta tadbirkor jazolandi

Jamiyat 17:18 / 10.03.2016 3785

Tadbirkorlik faoliyatiga pul tikib, undan har oyda mo‘may daromad olishni niyat qilgan toshkentlik fuqaro firibgarning tuzog‘iga tushdi. Bu haqida “Ogoh” nashri xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, u bir tanishining maslahatiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs bilan uchrashadi. U odam aslida firibgar edi va sodda fuqaroni biznes faoliyati uchun 44000 AQSh dollari tikishga ko‘ndiradi. Har oy topilgan foydadan ulush berib turishi haqida aytib, avraydi.

U esa har oyda shunchaki oqib keladigan pullarga qiziqib, 44000 AQSh dollarini berib yuboradi. Firibgar dastlabki oylarda ozginadan pul berib turadi. Berilgan pullar 3000 AQSh dollariga yetgach, g‘oyib bo‘ladi. Qidira-qidira aldanganini tushunib yetgan jabrlanuvchi huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Ma'lum bo‘lishicha, ayblanuvchi yana bir fuqarodan Xitoyday texnika vositalarini olib kelib berish va'dasi bilan 8000 AQSh dollarini olgan. Biroq texnika ham olib kelmagan, pulni ham qaytarmagan.

Soxta tadbirkorning jinoiy qilmishlari isbotlanib, tegishli jazoga tortilgan.

Ko‘proq yangiliklar: