Siemens kompaniyasi 2,5 mingta ish o‘rnini qisqartiradi

Iqtisodiyot 15:19 / 10.03.2016 1745

Germaniyaning elektron texnika ishlab chiqaruvchi yirik Siemens AG kompaniyasi 2,5 mingga yaqin ish o‘rinlarini qisqartiradi, deb xabar beradi The Wall Street Journal. 

Nashrning xabar qilishicha, kompaniya o‘z xomashyolariga mijozlar tomonidan talabning pasayib ketgani sababli shu kabi choralarni qo‘llashga majbur bo‘lmoqda. Asosiy qisqartirishlar nemis zavodlarida faoliyat yurituvchi 2 mingga yaqin xodimlarni ishdan bo‘shatish bilan boshlanadi.

Kompaniya press-relizida ta'kidlanishicha, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad, Yevropada faoliyatni mustahkamlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan bir qatorda bozordagi tang holatda raqobatbardoshlilikni oshirishdan iborat.

Ko‘proq yangiliklar: