Rio olimpiadasi xavfsizligini ta'minlash uchun 85 ming kishi jalb etiladi

Sport 09:58 / 10.03.2016 1274

Braziliya Mudofaa vaziri Aldu Ribeluning ma'lum qilishicha, 2016 yilning yozida Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlari vaqtida 85 ming kishi xavfsizlikni ta'minlash bilan band bo‘ladi. TASS agentligi xabariga ko‘ra, shundan 38 ming kishilik qismi harbiy xizmatchilar hisoblanadi.

20 ming harbiy mezbon shahar Rio-de-Janeyroda ishlaydi, yana 18 ming kishi turnirning futbol uchrashuvlari o‘tkaziladigan 5ta shahar (Brazilia, Belu-Orizontu, Manause, San-Paulu va Salvadore) bo‘ylab joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilgi olimpiada 5-21 avgust kunlarida o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: