Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi viza tartibini yengillashtirishni muhokama qilmoqda

Jahon 21:59 / 10.03.2016 2108

Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi vakillari viza tartibini soddalashtirish imkoniyatini va Qozog‘istonga bozor iqtisodiyotiga ega davlat maqomini berishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenkoga asoslanib, TASS axborot agentligi xabar bergan.

"Kun tartibida alohida o‘rin Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi davlatlari uchun viza tartibini yengallashtirish istiqbollarini hamda Qozog‘istonga bozor iqtisodiyotiga ega davlat maqomini berishni muhokama qilishga ajratildi", deb aytdi Vasilenko.

Vasilenko muzokaralar davomida alohida e'tibor 2015 yil dekabrda imzolangan kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik haqidagi kelishuv salohiyatini amalga oshirish istiqbollariga ajratilganini ta'kidlab o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: