«PSJ» javob o‘yinida «Chelsi»ni yengib, chorak final bosqichiga o‘tdi

Sport 07:57 / 10.03.2016 3538

«PSJ» Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Chelsi»ga qarshi javob o‘yinida ham g‘alabaga erishib, londonliklarni musobaqadan chiqarib yubordi.

9 mart oqshomida Londonda kechgan o‘yin ham parijliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, «PSJ» 16-daqiqadayoq Rabyuning aniq harakati evaziga tezkor gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. Ko‘p o‘tmasdan Diyego Kosta javob goli bilan muvozanatni tiklay olgan bo‘lsada, 67-daqiqada Ibrohimovich urgan gol o‘yinda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ham «PSJ» xuddi shu bosqichda «Chelsi»ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.

YeChL, 1/8 final
Chelsi Angliya – PSJ Fransiya 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 16 Rabo, 1:1 – 27 Diyego Kosta, 1:2 – 67 Ibragimovich.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ivanovich, Kenedi, Obi Mikel, Fabregas, Pedro, Villian, Azar (Oskar, 77), Diyego Kosta (Traore, 60).
PSJ – Trapp, Markinos, Tiago Silva, David Luiz, Maksvell, Rabo, Motta, Matyuidi (van der Vil, 87), Di Mariya (Kavani, 82), Ibragimovich, Lukas (Pastore, 77).
Ogohlantirishlar: Rabo (34), Motta (41), Fabregas (45), Obi Mikel (53), Matyuidi (86), Ivanovich (90).
Birinchi o‘yin: 1:2

Ko‘proq yangiliklar: