Buyuk Britaniyadagi Sky News telekanalida IShIDning 22 ming nafar jangarisi haqida shaxsiy ma'lumotlar qo‘lga kiritilgani to‘g‘risida xabar berildi.
Bu ma'lumotlar tashkilotning sobiq a'zosi tomonidan IShIDning ichki xavfsizligiga javob beruvchi vakilidan fleshka orqali o‘g‘irlangani aytilgan. Sobiq jangari tashkilot ichidan yemirila boshlagach, uni tark etishga qaror qilganini bildirgan.
Uning ma'lum qilishicha, IShID kurdlar hamda Bashar Asad rejimi bilan hamkorlikda Suriya muxolifatiga qarshi urushmoqda.
Olingan ma'lumotlarda jangarilarning nafaqat ismlari, balki manzillari, telefon raqamlari, 50dan ortiq davlatga mansub jangarilarning oila a'zolariga oid ma'lumotlar bor. Shuningdek, ular orasida OAVga tanish bo‘lgan jangarilar nomlari ham bor.
Bundan oldinroq, Pentagon IShIDning harbiy vaziri sifatida ma'lum bo‘lgan Abu Umar ash-Shishaniyning o‘ldirilgani haqida ma'lum qilgandi.