OAV: IKEA asosichisi oddiy kiyim-kechak xarid qilishni afzal biladi

Jamiyat 11:44 / 10.03.2016 1869

IKEA asoschisi Ingvar Kamprad Shvetsiyaning Dagens Industri gazetasiga bergan intervyusida oddiy bozorlardan kiyim-kechak xarid qilishini tan oldi. Bu intervyu Shvetsiyaning TV4 telekanali tayyorlayotgan hujjatli filmning bir qismi hisoblanadi.

Kamprad o‘n yil muqaddam dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatining kuchli beshligiga kirar edi. U butiklarda sotilayotgan kiyim-kechaklardan oddiy bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarni afzal ko‘radi. “Men oddiy bozordan kiyim-kechak xarid qilayotganim haqida umuman o‘ylab ham ko‘rmayman”, — dedi u. U shu yo‘l bilan “boshqalarga namuna bo‘lishni” istaydi.

Bundan tashqari, uning ta'kidlashicha, bu holat u tug‘ilib o‘sgan Smoland provinsiyasida keng tarqalgan.

Ko‘proq yangiliklar: