Norvegiyalik jurnalist Checheniston bilan chegarada qilingan hujum tafsilotlarini aytib berdi

Jahon 12:06 / 10.03.2016 3045

Norvegiyaning Ny Tid nashri muxbiri Eysteyn Vindstad Checheniston bilan chegara yaqinida Ingushetiyada noma'lum shaxslar jurnalistlar va huquq himoyachilari mikroavtobusiga hujum qilgandan keyin intervyu berdi. Bosqinchilar odamlarni do‘pposlab, so‘ngra ularning avtomobilini yoqib yuborgan.

"Bu juda dahshatli bo‘ldi, men o‘laman deb o‘ylagandim. Men o‘sha paytda rafiqam bilan oxirgi marta xayrlashish kerak deb o‘ylagandim", deb aytdi Vindstad Aftenposten gazetasiga bergan intervyusida.

Jurnalist bosqinchilar uni mashinadan olib chiqishga urinib, uni kaltak va o‘tkir narsalar bilan kaltaklashganini aytdi.

"Biz Checheniston chegarasiga yaqinlashganimizda bizning mashinani uchta mashina quvlab o‘tdi va yo‘l chetiga siqdi. Mashinadan uzun kaltaklari bo‘lgan erkaklar saqrab tushib, mashinamiz oynalarini sindirib, hammani tashqariga tortib chiqarishni boshlashdi", deb qo‘shimcha qildi Vinstad.

Niqob kiyib olgan bosqinchilar jurnalistlarning telefonlarini tortib olgan. Jurnalistning aytishicha, bu oldindan rejalashtirilgan hujum bo‘lgan.

Vinstad ayni paytda boshqa jabrlanganlar bilan shifoxonada ekanini aytgan. U OAVda voqeaning yoritilishi jurnalistlarning shaxsiy xavfsizligiga yordam berishiga ishonchi komilligini aytdi. Vinstad aeroportga yo‘lda yana hujumga uchrashdan qo‘rqayotganligini qo‘shimcha qildi.

"Bu yerda jazolanmaslik hukm suradi. Men bu yerdagi odamlarga bu yerda yashash qanchalik qo‘rqinchli ekanini o‘ylayapman", deb o‘z so‘zini yakunladi Vinstad.

Ingushetiyadan Grozniyga yo‘lda – "Kavkaz" federal trassasida Qiynoqlarning oldini olish qo‘mitasining mobil guruhiga hujum qilingan. Guruh ketayotgan mikroavtobusda qo‘mita xodimlari, haydovchilar va "Mediazona", The New Times jurnali muxbirlari hamda shvetsiyalik va norvegiyalik jurnalistlar bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: