«PSJ» jamoasi bosh murabbiyi Loran Blan Chempionlar ligasining nimchorak finalida «Chelsi» to‘sig‘idan o‘tilganidan keyin 2 o‘yinda ham 2:1 hisoblarida qozonilgan g‘alabalar haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz katta mahorat evaziga samarador hamda hujumkor o‘yin namoyish qildik. G‘alaba biz uchun katta sinov bo‘ldi. Bu yil «Chelsi» bilan o‘yinlarda qiyinroq bo‘ladi, deb o‘ylagandim.
Tanaffus vaqtida yigitlarga shu yo‘sinda davom ettirish lozimligini aytdim. Bizning o‘yinimiz «Chelsi»ni ruhan qiyinchilikka tushirib qo‘ygan edi.
Yevrokuboklarda ishtirokni davom ettirayotgan oxirgi fransuz jamoasi sifatida barcha fransuzlar bizni qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Lekin unday emas, bizga hasad qilishadi.
Umid qilamanki, jamoam ularga ko‘rsatib qo‘yadi», - deydi Blan.