Kompyuteringiz klaviaturasidagi F va J tugmalarida kichik bo‘rtiq borligiga hech ko‘zingiz tushganmi yoki buning nima uchun kerakligi qiziqtirganmi? Bu haqda Interesting Engineering sayti javob berdi.
Klaviaturadagi ushbu bo‘rtiq chiziqchalar 2002 yilgacha kashf qilinmagan. Ularning paydo bo‘lishi esa tez va oson yozishda yordam bergan. Agar ikkala ko‘rsatkich barmoqlaringizni ularning ustiga qo‘ysangiz, klaviaturaning barcha tugmalarini bosish qulay bo‘lib qolganini payqaysiz. Shu bilan klaviaturaga qaramasdan yozish imkoniyati paydo bo‘lgan.
Ba'zi kishilar klaviaturaga qarab, bir daqiqada ikkitagina so‘z yoza oladi. Bunda bo‘yin ham egilib turadi va zarur tugmalarga ko‘z yugurtirib chiqish kerak bo‘ladi. F va J tugmalaridagi chiziqlardan foydalanishni o‘rgansangiz hamda har bir barmoq uchun qaysi tugmalar mos kelishini yod olsangiz, tezroq yoza olasiz.
F va J tugmalarini bunday belgilashni 2002 yilning iyunida E. Botich taklif qilgan. Shundan beri bu bo‘rtiq chiziqchalar ko‘pchilikning tez yozishida yordam berib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, qanchalik tez yoza olishingizni bilmoqchi bo‘lsangiz, bir nechta saytlar mavjud. Ularda daqiqasiga 100 dan ortiq so‘z yoza oladiganlar uchratishingiz mumkin.