Avstraliyaning Perte shahrida noyob kenguru-albinos sayyoh qizni yerga yiqitib, uni bo‘ynini panjalari bilan chirmab, undan bo‘sa olishga hamda malla sochlarini o‘ynashga harakat qilgan. Bu holat aks etgan video internetda paydo bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi.
Ushbu voqea Avstraliyaning g‘arbida joylashgan Caversham Wildlife tabiat bog‘ida sodir bo‘ldi. "Tajovuzga uchragan", Avstraliyada tahsil oladigan asli AQShlik qiz bu bog‘ga do‘stlari bilan sayr qilgani kelgan. Kenguru esa unga "boshqacha ko‘z bilan qarab", tajovuz qilgan. Natijada qizning do‘stlari kengurini uning ustidan tortib olishlariga to‘g‘ri keldi.
"Biz har doim Nikol biror avstraliyalik yoqimtoy yigit bilan tanishishi kerakligini aytib hazil qilardik. Ko‘rinishicha, bu oxir-oqibat yuz berdi", deb aytdi qizning do‘stlaridan biri.
Avvalroq Avstraliyada kenguru issiqdan qochib, xususiy uylardan birining hududiga kirib, u yerdagi hovuzda bir soatga yaqin cho‘milgani ma'lum qilingandi. Biroq kenguru hovuzdan o‘zgalarning yordamisiz chiqa olmagan. Uni uchinchi urinishda hovuzdan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan.