Xitoydagi iste'mol narxlari indeksi (CPI) mamlakatda inflyatsiya darajasi 2016 yilning fevral oyiga kelib, 2,3 foizga yetdi. Ko‘rsatkich yanvar oyida 1,8 foizni tashkil etgan edi. Bu haqda XXR davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qilgan.
Qo‘mita hisobotida keltirilishicha, Xitoyda ulgurji tovarlar hamda xizmatlar narxini aks ettiruvchi ishlab chiqaruvchi narxlari indeksi ko‘rsatkichi joriy yilning fevral oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,3 foizga tushib 4,9 foiz natijani ko‘rsatgan.