Isinbayeva: «Endi sportchilarga gematogen va askorbinkani ham taqiqlang»

Sport 13:58 / 10.03.2016 4567

Tayoq bilan sakrash bo‘yicha ikki karra olimpiya chempioni Yelena Isinbayeva meldoniy qabul qilishda ayblanayotgan Rossiya sportchilarini uning buvisi ham shu dorini qabul qilishini ta'kidlab, ularni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqida u o‘zining Instagramdagi sahifasida e'lon qildi.

«Axir bu juda kulguli. Mening buvim ham meldoniyni oxirgi olti-yetti yildan beri qabul qiladi, lekin «superbuvi» bo‘lib qolganlari yo‘q. Ularga hech qanday g‘ayritabiiy xususiyatlar va chidamlilik ko‘shilgani yo‘q. Endi sportchilarga gematogen va askorbinkani ham taqiqlashlarini kutib qolamiz», - deb yozgan Isinbayeva.

7-8 mart kunlari bir qancha mashhur Rossiya sportchilari doping qabul qilganliklari bo‘yicha tortishuv chiqqan. Ularning orasida dunyoning sobiq birinchi raketka ustasi bo‘lgan Mariya Sharapova, ot choptirish bo‘yicha besh karra chempion Pavel Kulijnikov, 2014 yil Olimpiadasida estafetaning short-trek bo‘yicha g‘olib bo‘lgan Semen Yelistratov, Sochi-2014 olimpiya chempioni figurachi Yekaterina Bobrova, shuningdek, Rossiyaning voleybol terma jamoasi va «Dinamo» o‘yinchisi Aleksandr Markinlar ham bo‘lgan. 

Meldoniyning yaratuvichisi latviyalik Ivan Kalvinsh uni doping deb hisoblashlariga qarshi chiqdi. Uning ta'kidlashicha, dori yurakni zo‘riqishlardan saqlaydi xolos va taqiq inson huquqlarini buzilishi deb hisoblaydi.

Ko‘proq yangiliklar: