iPhone egalari o‘tmishdan maktublar ola boshladilar

Fan-texnika 01:13 / 10.03.2016 5443

Internet foydalanuvchilari o‘zlarining iPhone’lariga 1970 yil 1 yanvar bilan sanalangan elektron maktublar ola boshlaganlaridan shikoyat qilishmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Ichi bo‘sh, yuboruvchi manzili va mavzu ko‘rsatilmagan maktublar pochta mijozining "Kiruvchi maktublar" papkasida akslanmoqda.

2016 yil fevral o‘rtasida Reddit foydalanuvchilari iPhone smartfonini sozlamalardagi tizim sanasini o‘zgartirish bilan buzish usuli haqida ma'lum qilgandilar. Agar sanani 1970 yil 1 yanvarga o‘zgartirilsa va qurilma qayta yuklansa, u kompaniya logotipi akslanayotgan paytda osilib qolib, boshqa yoqilmaydi. Bu muammo A7 va undan yangiroq protsessorlarda ishlovchi barcha iPhone’larda mavjud. Bunda operatsion tizimning versiyasi ahamiyatga ega emas.

15 fevralda Apple kompaniyasi bu kamchiliklarni iOS operatsion tizimining yangi versiyasida bartaraf qilishga va'da bergandi. Agar bu xato paydo bo‘lsa, smartfonlar egalariga rasmiy servis markaziga murojaat qilish tavsiya qilinmoqda, bu yerda smartfon uni akkumulyatordan uzish yo‘li bilan tuzatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: