Ikki nafar hijobli ayol styuradessaga shubhali qaragani uchun samolyotdan tushirib yuborilgan. Bu haqida The Sun nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, voqea JetBlue aviakompaniyasining Bostondan Los-Anjyelesga uchayotgan samolyoti bortida sodir bo‘lgan. Yo‘lovchilardan biri bu jarayoni videoga tushirib,YouTube’ga joylashtirgan.
Aviakompaniyaning rasmiy vakili ikki yo‘lovchi diniy e'tiqodi uchun emas, balki xavfsizlik jarayonlari sababli tushirib yuborilgan.
Xabarlarga ko‘ra, ikki musulmon ayol politsiya bilan qisqa suhbatdan so‘ng, qo‘yib yuborilgan.
Avvalroq ExpressJet Airlines aviakompaniyasida ishlovchi Shari Stenli ismli musulmon ayol spirtli ichimlik bilan bog‘liq xizmat talablarini xohlamagani uchun ishdan bo‘shatilgan edi.