Filadelfiya shahar chekkasidagi tranzit ishchisi yo‘lning o‘rtasida 15 ming dollardan ortiq pul solingan sumkani topib oldi va uni darhol politsiyaga yetkazib berdi.
Filadelfiya surishtiruv ishlarining xabar berishicha, Bob Treysi dushanba kuni tunda ishdan uyga qaytayotgan mahal qora sumkani ko‘rib qoladi. Avvaliga u kimdir hamyonini tushirib qoldirgan deb o‘ylaydi. Lekin sumkani ochib ko‘rgach, uning ichida bir nechta dollarlar borligiga guvoh bo‘ladi.
Janubi-sharqiy Pensilvaniya yo‘l transporti vakolatxonasining 61 yoshli ishchisi katta miqdordagi pulni ko‘rgach zudlik bilan politsiyaga xabar beradi.
Yuqori Darbi politsiyasi kommisari Maykl Chitvudning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi katta miqdordagi mablag‘ni qaytarib berish Treysini chinakamiga ko‘ngli toza inson ekanligini isbotlaydi.
Hozircha pulni kim qoldirib ketgani ma'lum emas.
Treysi qayd etishicha, u yarim soat ichida 15 ming dollarga ega badavlat insonga aylangan bo‘lsa-da, turmush o‘rtog‘i pullarni politsiyaga qaytarish - eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini aytib o‘tgan.