Facebook belaruslarning yuzni niqoblovchi MSQRD dasturini sotib oldi

Fan-texnika 07:11 / 10.03.2016 3333

Facebook yuzlarga real vaqtda niqoblar qo‘yuvchi MSQRD dasturini ishlab chiqqan kompaniyani sotib oldi. Bu haqda Business Insider nashri ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, MSQRD alohida dastur sifatida qo‘llanishda davom etadi va yangilanmalar bilan ta'minlab turiladi. Facebook dasturdagi texnologiyalarni o‘zining servislariga uyg‘unlashtirishni rejalashtirmoqda.

"Masquerade kompaniyasi yuqori sinfdagi videotexnologiyalarga ega fantastik MSQRD dasturini yaratdi. Biz Masquerade’ni jamoamizda kutib olishdan xursandmiz va Facebook videoservisini yaxshilashni davom ettiramiz", deb aytdi ijtimoiy tarmoq vakili. Dastur yaratuvchilari o‘z navbatida investorlarga minnatdorchilik bildirishdi va dasturni yanada rivojlantirishga va'da berishdi.

Masquerade Technologies kompaniyasidan belarusiyalik dasturchilar yaratgan MSQRD dasturini iOS operatsion tizimi foydalanuvchilari yuklab olishlari mumkin va u 12 mln martadan ko‘proq marotaba yuklab olingan.

Bepul MSQRD dasturi real vaqtda foydalanuvchi yuzini taniqli odam, biror obraz yoki hayvon qiyofasida grimlaydi. Bu obrazdagi foydalanuvchi videoxabar yozib uni do‘stlariga yuborishi yoki ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishi mumkin. 

Hozirda dasturda o‘nlab "niqob"lar mavjud bo‘lib, ular orasida Stalin, Konchita Vurst, Leonardo di Kaprio, tulki, yo‘lbars, Kiss guruhi ishtirokchisi va boshqalar qiyofasi bor.

Ko‘proq yangiliklar: