Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan qo‘shma matbuot-anjumanida Turkiya Ukrainaga gumanitar loyihalarga 10 mln dollar ajratishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.
"Biz nihoyat gumanitar loyihalarga 10 mln dollar ajratish haqidagi va'damizni bajarmoqdamiz. Bizning turli moddiy loyihalarimiz davom etmoqda va Ukrainaga ko‘magimiz barcha sohalarda va tarmoqlarda davom etadi", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina va Turkiya 2016 yilda ikki davlat o‘rtasida erkin savdo hududi yaratish bo‘yicha muzokaralarni oxiriga yetkazib, kelishuv tuzishlari kerakligini aytgandi.