Elvis Preslining vorislari qo‘shiqchining buyumlarini qaytarib olish uchun kazino bilan sudlashadi

Jamiyat 10:59 / 10.03.2016 2508

Elvis Preslining vorislari "rok-n-roll qiroli"ga tegishli bo‘lgan buyumlarni Las-Vegasdagi "Uestgeyt" nomli ko‘ngilochar majmuadan (jumladan kazino) sud orqali qaytarib olmoqchi. Bu haqda TASS agentligi Elvis Presley Enterprises kompaniyasiga asoslangan holda xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, Elvis Preslining buyumlari ko‘rgazmaga qo‘yish uchun ijaraga berilgan va noqonuniy ravishda o‘zlashtirib yuborilgan. Presli muzeyidagi sahna liboslari, aksessuarlar, shaxsiy maktublar va boshqa yuzlab eksponatlar "Uestgeyt" tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilishi muvaffaqiyatli chiqmangan va kishilarning kam tashrifi tufayli fevral oyida yopilgan. Lekin kazinodagilar Preslning buyumlarini qaytarishdan bosh tortishgan.

Endilikda Elvis Presley Enterprises sud orqali nafaqat buyumlarni qaytarib olmoqchi, balki yetkazilgan ma'naviy zarar uchun mo‘maygina pul undirmoqchi. Lekin talab etilayotgan pul miqdoriga aniqlik kiritilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: