O‘zining tashqi ko‘rinishi bilan internet foydalanuvchilarini o‘ziga rom etgan va "dunyodagi eng chiroyli jinoyatchi" nomini olgan mahbus ozodlikka chiqdi. Bu haqda New York Daily News xabar tarqatgan.
Manbaning yozishicha, ushbu 30 yoshli Jyeremi Miks ozodlikka chiqqach moda sohasida faoliyat ko‘rsatmoqchi.
Miks noqonuniy ravishda qurol saqlashda ayblanib qamoqqa tashlangandi. Bu esa uning yirik moda agentligi bilan shartnoma imzolashida xalal bermasligi aytilgan.
Miksning surati 2014 yilning yozida Stokton shahri politsiyasining feysbukdagi sahifasiga joylashtirilgach, bu surat yuz mingdan ortiq "layk" yiqqandi. Uning suratini 12,8 ming marta ulashishgan va surat ostida 27 mingtaga yaqin izoh qoldirilgan.
The "hot convict" Jeremy Meeks is free and ready to hit the runway https://t.co/RhhU7yAmZH pic.twitter.com/CR7UO4NTsU
— New York Daily News (@NYDailyNews) 10 Mart 2016